48
qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yo‘qligini,
meros ochilgan
vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi.
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslar doirasini ham aniqlaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
61
1
-modda. Mediator vazifasini bajarish
Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu
jumladan mulkiy va meros
masalalari bo‘yicha o‘zaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy
roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi.
Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish
natijalaridan kelib
chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida
o‘zaro maqbul
qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida tuzilgan
mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
(61
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
602-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
LexUZ sharhi
Meros bilan bog‘liq munosabatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining
V bo‘limi
bilan ham tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: