Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

65-modda. Hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan 
ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash 
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar 
ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini 
shahodatlaydi. 
Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida 
masalaga oid qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi 
shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining 
to‘la matnini aks ettirishi kerak. 
Notarius hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan 
ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, 
unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy 
shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan 
yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi. 
Agar bir qismi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasini ifodalagan bir necha 
varaqdan iborat hujjat aslining ko‘chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan 
ko‘chirma to‘g‘riligi shahodatlanayotgan bo‘lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi 
qo‘yiladi. 
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 
66-modda. Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini 
shahodatlash 
Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini notariuslar, basharti 
avvalgi nusxaning to‘g‘riligi notarial tartibda shahodatlangan bo‘lsa yoki hujjatning 
nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan 
berilgan bo‘lsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik 
shaxsning ish qog‘ozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu 
hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qo‘yilgan 
bo‘lishi kerak. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling