51
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga
yo‘l qo‘yilmaydi.
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
68-modda. Tarjimaning to‘g‘riligini shahodatlash
Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri
tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon
tomonidan qilinishi
mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
11-bob. FAKTLARNI TASDIQLASh
69-modda. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va
uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy
vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar,
vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z
homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra amalga
oshiriladi.
70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Notarius fuqaroning iltimosiga ko‘ra uning muayyan joyda ekanligi faktini
tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda
ekanligi faktini tasdiqlash
uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar),
shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga
ko‘ra amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: