Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUShGA


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUShGA 
BO‘LGAN MULK HUQUQI TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMALAR BERISh. 
MOL-MULKNI BOShQA ShAXSGA O‘TKAZIShNI TAQIQLAB QO‘YISh 
VA TAQIQNI BEKOR QILISh 
62-modda. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk 
huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish 
Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har 
ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk 
huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi) 
63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga 
ko‘ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida 
guvohnoma berish 
Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi 
ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) 
keyin xotinning (erning) yozma arizasiga ko‘ra meros ochilgan joydagi notarius 


49 
tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar bu xususda xabardor 
qilinadi. 
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi 
to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh 
davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi 
to‘g‘risidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning 
umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi. 
(63-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli 
Qonuniga 
asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi) 
Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarning yozma arizasiga ko‘ra va 
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi 
to‘g‘risidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-
mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling