49
tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar bu xususda xabardor
qilinadi.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan
mulk huquqi
to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh
davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er)
tomonidan mulk huquqi
to‘g‘risidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa,
er- xotinning
umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi.
(63-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli
Qonuniga
asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarning yozma arizasiga ko‘ra va
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning)
roziligi bilan mulk huquqi
to‘g‘risidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-
mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: