92-modda. Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan o‘zaro
munosabatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan o‘zaro
munosabatlari
tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va
xalqaro shartnomalari bilan
belgilanadi.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
93-modda. Xalqaro shartnoma
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasida notarial
harakatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, notarial
harakatlarni amalga
oshirish chog‘ida xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasi notariusga
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan
notarial harakatni
amalga
oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.