Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

2-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius 
Oldingi
 tahrirga qarang. 



Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy 
yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega 
bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka 
imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. 
Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud 
adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat 
qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun 
stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya 
organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki 
advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari 
tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka 
o‘taydi. 
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas: 
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan 
shaxs; 
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki 
sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs; 
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy 
faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — 
uch yil mobaynida. 
Notarius yordamchi, stajor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan 
bog‘liq boshqa xodimlarga ega bo‘lishi mumkin. 
Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida 
ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bo‘lib 
ishlashidan qat’i nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni o‘z zimmasiga 
oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan 
shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik 
kuchga ega bo‘ladi. 
Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab 
darajalari beriladi. 
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi 
O‘RQ-602-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling