7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar
Notarius:
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning
hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat
bilan shug‘ullanishga;
shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish chog‘ida vositachilik
xizmati ko‘rsatishga;
faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga,
bundan uning litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan davrga muhrni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga
topshirishi mustasno;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda o‘z idorasi
joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius o‘z fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzmasdan turib o‘z faoliyatini amalga
oshirishga ham haqli emas.
Ushbu modda birinchi qismining
uchinchi xatboshisida
nazarda tutilgan
cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-
y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
8-modda. Davlat notarial idorasi
Davlat notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar
bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarur bo‘lganda, davlat notarial
idorasining raqami bo‘lishi kerak.
8
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-
y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |