Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
8
1 -modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Oldingi tahrirga qarang. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z idorasiga ega bo‘lishga, bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga, sudda o‘z nomidan ishtirok etishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. (8 1 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning idorasi tugatilganda kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng qolgan mol-mulk notariusning tasarrufida qoladi va unga soliq solinmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial idoraning xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimidan ozod qilishda mustaqildir, bundan ushbu Qonunning 2 1 va 2 2 -moddalarida ko‘rsatilgan hollar mustasno. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius idorasining nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” degan so‘zlar bo‘lishi va tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi kerak. 8 2 -modda. Notarial idoraning binosi Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirish imkoniyati, notarial harakatlarning sir tutilishi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, to‘lovlarni qabul qilish, audio- va video qayd etish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi kerak. (8 1 va 8 2 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. (9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ- 255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling