Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-modda. Notarius qasamyodi
2
2 -modda. Notarius stajori Oldingi tahrirga qarang. Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajori bo‘lishi mumkin. Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius stajori bo‘lishi mumkin emas. Davlat notarial idorasi notariusining stajorini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius stajorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius tomonidan notarius stajorini ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4 Stajirovka notarial idorada o‘taladi. Notarius stajori o‘z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi. (2 2 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. 3-modda. Notarius qasamyodi Notarius O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”. (3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ- 255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling