Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik 



Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but 
saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxiv ishini yuritishi shart. 
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi 
idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar 
tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va 
reyestrlardan ko‘chirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda 
ularni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undiriladi. 
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 
20-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va toshkent 
shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar shtat birliklari soni va 
yuridik va jismoniy shaxslarga ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari, 
shuningdek, notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan 
ko‘chirmalar berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 2167, 22.12.2010-y.) 
2-
bandi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari 
huzuridagi idoraviy notarial arxivlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 
tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi. 
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial 
ish yuritish 
qoidalari
” (ro‘yxat raqami 2170, 22.12.2010-y.). 


10 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat 
boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati 
organlariga hisobot taqdim etadi. 
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-255-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-
modda) 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling