Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

11-modda. Notarial harakatlar amalga oshiriladigan til 
O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga 
oshiriladi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi 
Qonuniga
 muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasida davlat tili bo‘lib o‘zbek tili hisoblanadi. 
Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius yoki 
notarial harakatlarni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan rus tilida yoki imkon 
bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 
2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial 
harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 
7-bandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-
yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi 
konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 
6-bandi

12-modda. Notariusning muhri, shtamplari, ish qog‘ozlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarius O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, 
notarius familiyasi, ismi-sharifi, lavozimi va notarial idoraning nomi ko‘rsatilgan 
shaxsiy muhriga, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplariga, notarial idoraning 
blankalariga ega bo‘ladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning 
muhrida litsenziyaning seriyasi va raqami ko‘rsatiladi. 
Notariuslarning reyestriga ularning muhri va imzosi namunalari kiritiladi. 
Notariusning muhri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarius muhri, shtamplari, gerbli (maxsus) blankalari litsenziyaning amal 
qilishi to‘xtatib turilgan, tugatilgan va litsenziya bekor qilingan hollarda hamda 
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Adliya vazirligiga hamda adliya boshqarmalariga qaytarilishi lozim. 


11 
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Notarial idoralar tomonidan gerbli (maxsus) blankalarni hisobga olish
saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi 
O‘RQ-602-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
602-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling