Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

15
2
-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish 
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal 
qilishini to‘xtatib turish uni hisobga qo‘ygan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya 
vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan 
quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 


14 
notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvchi tariqasida jalb 
etilgan paytdan e’tiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud 
reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish 
to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
notarius qonunchilikda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb 
topilganda — bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor 
qilinguniga qadar bo‘lgan davrga; 
notariat to‘g‘risidagi qonunchilik, Notariusning kasb etikasi qoidalari 
talablari, notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan 
buzilganligi aniqlanganda; 
(15
2
-modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
Notarial palataning yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul 
qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf 
etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari notarius tomonidan bajarilmaganda yoki 
lozim darajada bajarilmaganda; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
notariusda fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi mavjud 
bo‘lmaganda yoki tuzilgan shartnoma qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmaganda 
— bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonunchilikka muvofiq 
holga keltirilgan kunga qadar; 
(15
2
-modda 
birinchi 
qismining 
oltinchi xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — 
bunday hollar bartaraf etilguniga qadar; 
notarius Notarial palataga a’zolik badallarini bir oydan ortiq muddat 
davomida to‘lamaganda — uch oygacha, a’zolik badallarini to‘laguniga qadar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariusga nisbatan xizmat 
tekshiruvi o‘tkazish davrida litsenziyaning amal qilishini o‘n kundan ko‘p 
bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga haqli. 
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi 
mumkin emas, bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi 
xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Litsenziyasining amal qilishi 
to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan 


15 
holatlarni, agar ular bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa, 
ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Adliya 
vazirligining, 
adliya 
boshqarmalarining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori 
ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi 
mumkin. 
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish notarius maqomining to‘xtatib 
turilishiga sabab bo‘ladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch 
kunlik muddat ichida Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 
notariusning maqomi to‘xtatilganligi yoki tiklanganligi haqida xabardor etadi, 
shuningdek ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligining rasmiy veb-saytida tegishli xabarni e’lon qiladi. Xususiy amaliyot 
bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomining to‘xtatib turilishi notariusning Notarial 
palataga a’zoligi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi. 
Notariusning maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar 
tugatilganidan keyin shaxs notarial faoliyatga kirishadi. 
Notarius maqomi to‘xtatib turilgan shaxsning Notariatning yagona 
avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi. 
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib keladigan 
qoidabuzarliklar hollari va ular bo‘yicha litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish 
muddatlari O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling