Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

15
4
-modda. Litsenziyani bekor qilish 
Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta 
hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga 
asosan ma’muriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi. 
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya 
berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. 
Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning o‘z kasbiy faoliyatini bajarish 
chog‘idagi harakatlari g‘ayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan 
notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno. 
(15
1
 — 15
4
-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi 
O‘RQ-602-sonli 
Qonuniga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
16-modda. Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug) O‘zbekiston 
Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga muvofiq belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan bo‘lishi kerak. 
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-
yanvardagi O‘RQ-602-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun 
xohlagan 
notariusga 
murojaat 
qilishga 
haqli, 
bundan 
ushbu 
Qonunning 
37

51

52

59

63

74

82
 va 
93-moddalarida 
nazarda tutilgan hollar 
mustasno. 
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga 
kiradi) 
Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida 
amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘lmaydi. 
Notarius mavjud bo‘lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og‘ir kasal bo‘lgan 
hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius o‘zi xizmat ko‘rsatadigan 
hududdan tashqariga chiqishga haqlidir. 


18 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling