Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notariusning javobgarligi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

19-modda. Notariusning javobgarligi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarius o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan 
tartibda javobgar bo‘ladi. 
Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan o‘z majburiyatlarini 
buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi. 
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali 
qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga 
yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, mulkiy javobgar bo‘ladi. 
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan hollarda jismoniy yoki 
yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xususiy amaliyot 
bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish 
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta badali (sug‘urta summasi) yoki sug‘urta badali yetarli 
bo‘lmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy 
mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya 
fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy 
amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari 
natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu 
zararning o‘rni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan 
qoplanmaydi. 
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning harakatlari 
(harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar bo‘lmaydi. 
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi 
O‘RQ-602-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling