Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
22
3 -modda. Elektron murojaat Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin. Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash to‘g‘risidagi elektron murojaat ko‘rib chiqilmaydi. Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. (4 1 -bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497- sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 4 2 -bob. Notarial palata 22 4 -modda. Notarial palataning maqomi Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir. Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning a’zosi bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 26 Notarial palata notariuslarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi. (22 4 -moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi. Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, notariuslarning majburiyatlari bo‘yicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan notarius tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar mustasno. Notarial palataning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar uchun majburiydir. Oldingi tahrirga qarang. Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. (22 4 -moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling