Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

22
6
-modda. Notarial palataning organlari va mansabdor shaxslari 
Notarial palataning konferensiyasi palataning yuqori organi bo‘lib, zaruratga 
ko‘ra, biroq besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. 
Notarial palata boshqaruvi Notarial palataning ustaviga muvofiq notariuslar 
orasidan saylanadigan ijro etuvchi organ bo‘lib, palataning faoliyatiga joriy 
rahbarlikni amalga oshiradi. 
Notarial palataning taftish komissiyasi moliyaviy nazorat organi bo‘lib, 
palata ustaviga muvofiq shakllantiriladi. 
Notarial palata raisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 
taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan, ushbu 
konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil 
muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Notarial palata 
raisi bo‘lishi mumkin emas. 
Notarial palataning raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish 
Notarial palataning ustavida belgilangan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palata konferensiyasi tomonidan 
amalga oshiriladi. 


28 
22
7
-modda. Notarial palata huzuridagi fondlar 
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli 
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida 
Kompensatsiya fondi tashkil etiladi. 
Notarial faoliyatga ko‘maklashish, notariuslarning ijtimoiy himoyasini 
ta’minlash maqsadida Notarial palata huzurida Notariuslar faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi tashkil etiladi. 
Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida Notarial palata huzurida Davlat notarial idoralari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash fondi tashkil etiladi. 
Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi, Notariuslar faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi hamda Davlat notarial idoralari 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondi notariuslarning Notarial palataga a’zolik 
badalidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. 
Majburiy ajratmalar miqdori yil yakunida Notarial palata boshqaruvi 
yig‘ilishining qaroriga ko‘ra belgilanadi. 
Notarial palata huzuridagi fondlarning mablag‘laridan oqilona foydalanishi 
ustidan nazorat qilish Notarial palata tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling