Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
22
10 -modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida: notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; notariuslarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi; notarial amaliyotni umumlashtiradi; malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi; Notarial palata bilan birgalikda notarius stajorining faoliyatini tashkil etadi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning davlat reyestrini yuritadi; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati hududini belgilash maqsadida ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi; notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi; notariuslarning reyestrini yuritadi; notarial idoralarni qat’iy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta’minlaydi; o‘z faoliyatini tugatgan notarius muhrini yo‘q qilish va hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga topshirish choralarini ko‘radi; Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (22 10 -moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 31 (4 2 va 4 3 -boblar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling