Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

4
1
-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi 
22
1
-modda. 
Notariatning 
yagona 
avtomatlashtirilgan 
axborot 
tizimining asosiy qoidalari 
Notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish 
jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga 
oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini 
ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi Notariatning yagona 
avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. 
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir. 
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga 
yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi. 


25 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi. 
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot 
tizimiga ma’lumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning 
maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi. 
22
2
-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 
ma’lumotlar kiritish 
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni 
kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim bo‘lgan 
ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilaydi. 
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bunday 
harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning 
yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling