32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan
kishining shaxsini aniqlash
Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor
shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan kishilarning
shaxsini aniqlaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan kishining shaxsi
uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki
identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning
shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli
Qonuniga
asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi
2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial
harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning
3-bandi
.
33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala
layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish
Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning
muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq
layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham
tekshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi
2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial
harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning
4 — 5-bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |