ULARNI QAYTARIB BERISh
83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi.
Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun
topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga
ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga
notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs
tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi
uchun javob beradi.
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish
Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan
shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va ro‘yxatni taqdim etganidan
keyin yoxud sudning qarori bo‘yicha qaytarib beriladi.
16-bob. DENGIZ PROTESTLARINI AMALGA OShIRISh
85-modda. Dengiz protestlari haqidagi ariza
Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
uchun dalil-isbotlarni ta’minlash maqsadida kema kapitanining kema suzib
borayotganda yoki u to‘xtab turgan joyda sodir bo‘lgan hamda kema egasining
oldiga mulkiy talablar qo‘yish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa
to‘g‘risidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va
kapitanning o‘ziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini ta’minlash
yuzasidan ko‘rgan chora-tadbirlari bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Dengiz protesti to‘g‘risidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdig‘i
sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan
boshlab, agar hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, u yuz berganidan so‘ng yetti kundan
kechiktirmay notariusga ko‘zdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan
olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmani taqdim etishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |