Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash va merosga bo‘lgan huquq


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Документ DOCX

89-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash va merosga bo‘lgan huquq 
to‘g‘risida guvohnoma berish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning O‘zbekiston Respublikasi hududida 
qolgan mol-mulkini qo‘riqlash yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi vafot 
etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni qo‘riqlash, 
shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga bo‘lgan huquq haqida 
guvohnomalar berish bilan bog‘liq harakatlar O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. 
(89-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
90-modda. Chet elda amal qilishga mo‘ljallangan ishonchnomalar 


59 
Notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga mo‘ljallangan, 
amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan 
bekor qilinguniga qadar o‘z kuchida qoladi. 
91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari 
ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar rasmiylashtirilgan yoki apostil 
qo‘yilgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi. 
(91-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga 
kiradi) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Bunday hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro 
shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan yoki apostil 
qo‘yilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi. 
(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling