Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-bob. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING ARIZALARI VA


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

12-bob. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING ARIZALARI VA 
(YOKI) BOShQA HUJJATLARINI TOPShIRISh. PUL SUMMALARI VA 
QIMMATLI QOG‘OZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISh 
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi 
O‘RQ-497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish 
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) o‘zga 
hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. 
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma’lum qilish 
sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘ydirib 
topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan 
foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish 
bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan 
shaxs qoplaydi. 
Shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning 
topshirilganligi haqida guvohnoma beradi. 
(73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 
74-modda. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul 
qilish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarius qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish 
uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi. 
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
249-moddasi



54 
Notarius pul summalari va qimmatli qog‘ozlar kelib tushganligi haqida 
kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi bo‘yicha unga tegishli pul summalari va 
qimmatli qog‘ozlarni topshiradi. 
Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga majburiyat bajariladigan 
joydagi notarius qabul qiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarius pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish uchun depozit 
hisobvarag‘ini ochishi kerak. 
Notariusning shaxsiy mablag‘larini ushbu hisobvaraqqa o‘tkazishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Notarius qarzdorga depozit hisobvarag‘i ochilgan bankka taqdim etish uchun 
pul mablag‘lari depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma 
beradi. 
Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvarag‘iga qabul qilingan pul 
mablag‘larini va qimmatli qog‘ozlarini berish, shuningdek depozitdan 
foydalanganlik uchun to‘lov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan 
amalga oshiriladi. 
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
602-sonli 
Qonuniga 
asosan to‘rtinchi — yettinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling