Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

70
1
-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul 
qilinganligi faktini tasdiqlash 
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yig‘ilishini chaqiruvchi organning 
yoki shaxsning iltimosiga ko‘ra ushbu yig‘ilish o‘tkazilishi chog‘ida hozir bo‘ladi 
va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini 
tasdiqlash to‘g‘risida hamda ushbu qarorni qabul qilish chog‘ida hozir bo‘lgan 
ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi 
faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs 
rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yig‘ilishda kvorum 
mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli 


52 
ovozlar soni mavjudligini qonunchilikka va yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga 
muvofiq aniqlaydi. 
(70
1
-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
70
2
-modda. Dalillarni ta’minlash 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga 
binoan notarius sudda yoki ma’muriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar 
taqdim etish keyinchalik mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyin bo‘ladi deb taxmin 
qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, dalillarni ta’minlaydi. 
Dalillarni ta’minlash maqsadida notarius guvohlarning ko‘rsatuvlarini yozib 
oladi, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza 
tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmog‘idagi faktlarni tasdiqlaydi. 
(70
2
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
602-sonli 
Qonuniga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling