65-modda. Hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan
ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar
ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini
shahodatlaydi.
Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida
masalaga oid qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi
shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining
to‘la matnini aks ettirishi kerak.
Notarius hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan
ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini,
unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy
shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan
yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.
Agar bir qismi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasini ifodalagan bir necha
varaqdan iborat hujjat aslining ko‘chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan
ko‘chirma to‘g‘riligi shahodatlanayotgan bo‘lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi
qo‘yiladi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
497-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
66-modda. Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini
shahodatlash
Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini notariuslar, basharti
avvalgi nusxaning to‘g‘riligi notarial tartibda shahodatlangan bo‘lsa yoki hujjatning
nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan korxona, muassasa, tashkilot tomonidan
berilgan bo‘lsa, shahodatlaydi. Keyingi holatda hujjatning nusxasi mazkur yuridik
shaxsning ish qog‘ozida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu
hujjatning asli mazkur korxona, muassasa, tashkilotda ekanligi yozib qo‘yilgan
bo‘lishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |