Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

60-modda. Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida 
guvohnoma berishning shartlari 
Notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma 
berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining 
vafot etganligini, meros ochilgan joy va vaqtni, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida 
guvohnoma berishni so‘rab ariza topshirgan shaxslarning meros qoldiruvchi bilan 
qonun bo‘yicha vorislikka chaqirish uchun asos bo‘ladigan munosabatlari 
mavjudligi yoki mavjud emasligini, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshirib 
ko‘radi. 
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning biri yoki bir nechasi vorislikka 
chaqirishga asos bo‘ladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni 
taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli 
isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxo‘rlarning yozma roziligi bilan 
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishi mumkin. 
61-modda. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida 
guvohnoma berish shartlari 
Notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida 
guvohnoma berish chog‘ida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros 


48 
qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yo‘qligini, meros ochilgan 
vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi. 
Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega bo‘lgan 
shaxslar doirasini ham aniqlaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
61
1
-modda. Mediator vazifasini bajarish 
Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va meros 
masalalari bo‘yicha o‘zaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy 
roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi. 
Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib 
chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida 
o‘zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida tuzilgan 
mediativ kelishuvni tasdiqlaydi. 
(61
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
602-sonli 
Qonuniga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
 LexUZ sharhi 
Meros bilan bog‘liq munosabatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 
V bo‘limi 
bilan ham tartibga solinadi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling