47
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan
merosxo‘rlarga qonunchilikka muvofiq beriladi.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
1146-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
(59-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-255-sonli
Qonuniga
muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y.,
37-son, 313-modda)
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma barcha merosxo‘rlarga
birgalikda yoki ularning xohishiga bog‘liq ravishda har
biriga alohida berilishi
mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo‘rlarning
mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga bo‘lgan
huquq
to‘g‘risida guvohnoma berilganligi haqida merosxo‘rlar
yashayotgan joydagi
vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan
hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan taqdirda
merosga
bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: