Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

45-modda. Vasiyatnomalarni tasdiqlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notariuslar muomalaga layoqatli fuqarolarning qonunchilik talablariga 
muvofiq tuzilgan va ularning o‘zlari notariusga shaxsan taqdim etgan 
vasiyatnomalarini tasdiqlaydi. Vasiyatnomalarni vakillar orqali tasdiqlashga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat 
qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish talab 
qilinmaydi. 
46-modda. Vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi 
Notariuslar, vasiyatnomani bekor qilish to‘g‘risida ariza olingan taqdirda, 
shuningdek vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki o‘zgartiruvchi yangi vasiyatnoma 
olingan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga va notarial 
harakatlarni ro‘yxatga olish reyestriga bu xususda belgi qo‘yadi. Vasiyatnomani 
bekor qilish haqidagi arizaga qo‘yilgan imzo notarial shahodatlanishi lozim. 
47-modda. Ishonchnomalarni tasdiqlash 
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga 
yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi. 
O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan 
ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi ko‘rsatib qo‘yilgan asosiy 
ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma bo‘yicha vakil 
ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi 
bilan shunday ish tutishga majbur bo‘lganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin 
notarial tasdiqlanishi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish 
tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma bo‘yicha berilganidan ko‘proq 
huquqni qamrab olmasligi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish 
tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga 
asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin 
emas. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling