42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning
yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda nomidan yoxud
topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning
yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning
dublikatlari beriladi.
Dublikatlarni berish ushbu Qonunning
6
va
40-moddalari
talablariga rioya
etgan holda bajariladi.
7-bob. BITIMLARNI TASDIQLASh
43-modda. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitimlar
Oldingi
tahrirga qarang.
Notariuslar qonunchilikka binoan notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy
qilib qo‘yilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga ko‘ra notarius
boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
(43-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
110-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
44-modda. Ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa
shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash
Ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish
va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan yoki
garovga qo‘yilayotgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar
taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa
shaxsga o‘tkazuvchiga yoki garovga qo‘yuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga
o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud bo‘lgan
hollarda ko‘rsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim faqat
kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga o‘tkazishga rozi bo‘lgan
taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari
43
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |