Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash 
Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan 
boshqa shaxslar, agar merosxo‘r bo‘lmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun 
merosxo‘rlardan haq olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning meros mol-
mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda 
mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi. 
56-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni 
to‘xtatish 
Meros mol-mulkni qo‘riqlash merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib 
olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan bo‘lsa, qonunda 
belgilab qo‘yilgan merosni qabul qilib olish muddati o‘tgunga qadar davom etadi. 


46 
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir 
chora-tadbirlar to‘xtatilishi haqida merosxo‘rlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi 
bo‘yicha davlatga o‘tsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart. 
57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash 
Notarius merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar 
meros qabul qilib olinmagan bo‘lsa, davlatga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida 
guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan: 
meros qoldiruvchi kasal bo‘lgan vaqt mobaynida unga qarab turish
shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish; 
meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan fuqarolarni ta’minlash; 
ish haqi bo‘yicha da’volarni va ularga tenglashtirilgan da’volarni 
qanoatlantirish; 
meros mol-mulkni qo‘riqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxo‘rlarni 
chaqirish haqidagi xabarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida 
farmoyish beradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning 
boshqa hollari ham belgilanishi mumkin. 
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
1155-moddasi


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling