46
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir
chora-tadbirlar to‘xtatilishi haqida merosxo‘rlarni, agar
mol-mulk vorislik huquqi
bo‘yicha davlatga o‘tsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
57-modda. Meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni to‘lash
Notarius merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar
meros qabul qilib olinmagan bo‘lsa, davlatga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida
guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan:
meros qoldiruvchi kasal bo‘lgan vaqt
mobaynida unga qarab turish,
shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish;
meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan fuqarolarni ta’minlash;
ish haqi bo‘yicha da’volarni va ularga tenglashtirilgan da’volarni
qanoatlantirish;
meros mol-mulkni qo‘riqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxo‘rlarni
chaqirish haqidagi xabarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida
farmoyish beradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan
xarajatlarni qoplashning
boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
1155-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: