Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni 
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat 
nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan 
shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan 
oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qo‘yish, turar 
joyni va boshqa ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi 


44 
shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial 
idoraning yig‘majildlarida qoladi. 
8-bob. MEROS MOL-MULKNING QO‘RIQLANIShIGA DOIR ChORA-
TADBIRLAR KO‘RISh, MEROSGA BO‘LGAN HUQUQ TO‘G‘RISIDA 
GUVOHNOMALAR BERISh 
49-modda. Merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish 
Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va 
ish joyi o‘ziga ma’lum bo‘lgan merosxo‘rlarni xabardor qilishi shart. 
Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora ma’lum qilish yoki 
xabar berish yo‘li bilan ham merosxo‘rlarni chaqirishi mumkin. 
50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi 
arizalarni qabul qilish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq merosni qabul 
qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish 
yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak. 
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul 
qilish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq meros 
qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul qiladi. Da’volar yozma ravishda 
bayon etilishi shart. 
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling