41
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan
vakil
notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan
bitim uning ustavida yoki
nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
Oldingi
tahrirga qarang.
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim
etilayotgan hujjatlar
qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(38-modda
birinchi
qismining
yettinchi
xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan
taqdirda notarial harakatni
amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch
kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi
murojaati rad
etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi
va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: