Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial harakatni amalga oshirish va to‘xtatib turish


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

31-modda. Notarial harakatni amalga oshirish va to‘xtatib turish 
muddatlari 
Notarial harakatlar haq to‘langanidan so‘ng zarur bo‘lgan barcha hujjatlar 
taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi. 
Notarial harakatni amalga oshirish qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib 
olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo‘lganida kechiktirilishi mumkin. 
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor 
shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e’tiroz bor-yo‘qligini so‘rash 
zarur bo‘lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni 
kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga 
oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko‘ra unga notarial harakatni 
amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida 
da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning 
arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba ko‘pi bilan o‘n kun 
muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida 
suddan ma’lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim. 
(31-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-497-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga 
kiradi) 
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida 
da’volashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi to‘g‘risida suddan 
ma’lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal 
bo‘lguniga qadar to‘xtatib turiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qonunchilikda notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va 
to‘xtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin. 
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar 
vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan 


38 
“O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan 
notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 
10-
bandi


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling