Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
4
1 -bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi 22 1 -modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari Notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi. 25 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi. Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi. 22 2 -modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritish Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilaydi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling