19-modda. Notariusning javobgarligi
Oldingi
tahrirga qarang.
Notarius o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan
tartibda javobgar bo‘ladi.
Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan o‘z majburiyatlarini
buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali
qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga
yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan
bo‘lsa, mulkiy javobgar bo‘ladi.
Ushbu moddaning
uchinchi qismida
ko‘rsatilgan hollarda jismoniy yoki
yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xususiy amaliyot
bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta badali (sug‘urta summasi) yoki sug‘urta badali yetarli
bo‘lmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy
mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya
fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy
amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari
natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu
zararning o‘rni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan
qoplanmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning harakatlari
(harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar bo‘lmaydi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi
O‘RQ-602-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |