Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug)
15
4 -modda. Litsenziyani bekor qilish Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan ma’muriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning o‘z kasbiy faoliyatini bajarish chog‘idagi harakatlari g‘ayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno. (15 1 — 15 4 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 16-modda. Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug) Oldingi tahrirga qarang. Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga muvofiq belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan bo‘lishi kerak. (16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14- yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37 , 51 , 52 , 59 , 63 , 74 , 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. (16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11- oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘lmaydi. Notarius mavjud bo‘lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og‘ir kasal bo‘lgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling