Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
-modda. Notariusning majburiyatlari
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Документ DOCX
18-modda. Notariusning majburiyatlari
Notarius: jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi; taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi; yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi; (18-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora- tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi; uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi; sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ularning talabiga binoan ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi; Oldingi tahrirga qarang. jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi; (18-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son) ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi; 20 avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga o‘tkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi; Oldingi tahrirga qarang. boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami to‘g‘risidagi va oluvchi haqidagi ma’lumotlarni qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga taqdim etishi; (18-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi; bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) rieltorlik tashkilotining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi; vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishi; amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart. (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ- 497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Litsenziya olgan notarius ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari: notarial idora tashkil etilgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlab berishi; faoliyati o‘n kundan ortiq muddatga to‘xtatilgan notariusning ish yurituvidagi hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi tomonidan belgilangan hollarda qabul qilib olishi; Notarial palata konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallarini Notarial palataga to‘lashi shart. (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ- 602-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling