Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/58
Sana21.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1644823
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
Документ DOCX

22
3
-modda. Elektron murojaat 
Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va 
arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni 
amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali 
notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin. 
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
Agar huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lanmagan 
bo‘lsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash 
to‘g‘risidagi elektron murojaat ko‘rib chiqilmaydi. 
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron 
murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
(4
1
-bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-
sonli 
Qonuniga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
4
2
-bob. Notarial palata 
22
4
-modda. Notarial palataning maqomi 
Notarial 
palata 
xususiy 
amaliyot 
bilan 
shug‘ullanuvchi barcha 
notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir. 
Davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida Notarial palataning 
a’zosi bo‘lishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


26 
Notarial palata notariuslarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan 
faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi. 
(22
4
-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Notarial palata Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona 
o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi. 
Notarial palataning vazifalari va vakolatlariga o‘xshash vazifalar va 
vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Notariuslar Notarial palataning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi
notariuslarning majburiyatlari bo‘yicha esa Notarial palata javob bermaydi, bundan 
notarius tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun Notarial palata 
huzuridagi Kompensatsiya fondi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar 
mustasno. 
Notarial palataning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari xususiy 
amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar uchun majburiydir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Notarial palata faoliyatini moliyalashtirish Notarial palata konferensiyasi 
tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda 
taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 
(22
4
-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling