Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug) O‘zbekiston Respublikasining
Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan bo‘lishi kerak.
Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan
notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-
moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-
yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga
oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘lmaydi.
Notarius mavjud bo‘lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og‘ir kasal bo‘lgan hollarda
vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududdan tashqariga
chiqishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: