Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


 -modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

15 -modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib

turish uni hisobga qo‘ygan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari

tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

notarius  jinoiy  javobgarlikka  tortilganda  —  u  ayblanuvchi  tariqasida  jalb  etilgan

paytdan e’tiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi

asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar;

notarius  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  bedarak  yo‘qolgan  deb  topilganda  —

bedarak  yo‘qolgan  deb  topish  haqidagi  qaror  sud  tomonidan  bekor  qilinguniga  qadar  bo‘lgan

davrga;


notariat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari,  Notariusning  kasb  etikasi  qoidalari  talablari,

notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan buzilganligi aniqlanganda;

Notarial  palataning  yoki  adliya  organining  o‘z  vakolatlari  doirasida  qabul  qilgan,  shu

jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini

yuklaydigan  qarorlari  notarius  tomonidan  bajarilmaganda  yoki  lozim  darajada

bajarilmaganda;

notariusda  fuqarolik  javobgarligini  sug‘urta  qilish  shartnomasi  mavjud  bo‘lmaganda

yoki  tuzilgan  shartnoma  qonun  hujjatlari  talablariga  muvofiq  bo‘lmaganda  —  bunday

shartnoma  tuzilgan  yoki  tuzilgan  shartnoma  qonun  hujjatlariga  muvofiq  holga  keltirilgan

kunga qadar;



2


notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — bunday hollar

bartaraf etilguniga qadar;

notarius  Notarial  palataga  a’zolik  badallarini  bir  oydan  ortiq  muddat  davomida

to‘lamaganda — uch oygacha, a’zolik badallarini to‘laguniga qadar.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmalari,  shuningdek

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  notariusga  nisbatan  xizmat  tekshiruvi  o‘tkazish

davrida  litsenziyaning  amal  qilishini  o‘n  kundan  ko‘p  bo‘lmagan  muddatga  to‘xtatib  turishga

haqli.


Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas,

bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan

hollar  mustasno.  Litsenziyasining  amal  qilishi  to‘xtatib  turilgan  shaxs  litsenziyaning  amal

qilishini  to‘xtatib  turishga  olib  kelgan  holatlarni,  agar  ular  bartaraf  etib  bo‘lmaydigan

xususiyatga ega bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligining,  adliya  boshqarmalarining

litsenziyaning  amal  qilishini  to‘xtatib  turish  to‘g‘risidagi  qarori  ustidan  O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning  amal  qilishini  to‘xtatib  turish  notarius  maqomining  to‘xtatib  turilishiga

sabab bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmasi  uch  kunlik  muddat

ichida  Notarial  palatani  xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notariusning  maqomi

to‘xtatilganligi  yoki  tiklanganligi  haqida  xabardor  etadi,  shuningdek  ommaviy  axborot

vositalarida  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligining  rasmiy  veb-saytida  tegishli

xabarni  e’lon  qiladi.  Xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notarius  maqomining  to‘xtatib

turilishi notariusning Notarial palataga a’zoligi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.

Notariusning maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin

shaxs notarial faoliyatga kirishadi.

Notarius maqomi to‘xtatib turilgan shaxsning Notariatning yagona avtomatlashtirilgan

axborot tizimidan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi.

Litsenziyaning  amal  qilishini  to‘xtatib  turishga  olib  keladigan  qoidabuzarliklar  hollari

va  ular  bo‘yicha  litsenziyaning  amal  qilishini  to‘xtatib  turish  muddatlari  O‘zbekiston

Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling