Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI

(4-bobning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  14-yanvardagi  O‘RQ-602-sonli  Qonuni

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Oldingi tahrirga qarang.

21-modda.  Notarial  harakatlar  va  notariuslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan

boshqa harakatlar uchun haq to‘lash

Notarial  harakatlarni  amalga  oshirganlik  uchun  belgilangan  stavkalar  bo‘yicha  davlat

boji undiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  533-son  qarori

bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari,  Vazirlar  Mahkamasining  2006-yil  7-iyundagi  109-son  “Notarial

ishlarni bajarganlik uchun davlat boji stavkalari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” Qarori.

Notarius  notarial  harakatni  amalga  oshirish  uchun  o‘z  ish  joyidan  boshqa  joyga

borganida  manfaatdor  jismoniy  yoki  yuridik  shaxslar  uning  haqiqatda  qilingan  transport

xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.

Notarius  tomonidan  amalga  oshiriladigan  huquqiy  va  texnik  tusdagi  qo‘shimcha

harakatlar uchun haq undiriladi.

Notarius  tomonidan  notarial  harakatlar  amalga  oshirilganda  notarial  tartibda

tasdiqlanadigan  bitim  loyihasini  mustaqil  tayyorlagan  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  huquqiy

hamda texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod etiladi.

(21-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  11-oktabrdagi  O‘RQ-497-sonli  Qonuni  tahririda

— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan

kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling