21 -modda. Notarial idora xodimlarining ijtimoiy ta’minoti
Notarial idora xodimlari ta’til va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha barcha turdagi
nafaqalar olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lovlar qonun hujjatlarida
belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi.
Notarial idora xodimlariga davlat va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti, davlat
ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
(21 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |