Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notariusning majburiyatlari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

18-modda. Notariusning majburiyatlari

Notarius:

jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  o‘z  huquqlarini  amalga  oshirishda  va  qonuniy

manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib

berishi;

taraflar  taqdim  etgan  bitimlar  loyihalarining  mazmun-mohiyati  va  ahamiyatini

tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va

ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;

yuridik  jihatdan  bexabarlikdan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  zarariga

foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida

ogohlantirishi;

qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;




notarial  harakatlarni  amalga  oshirish  chog‘ida  fuqarolar  yoki  mansabdor  shaxslar

tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun

tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi;

uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi;

sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq

notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ularning talabiga binoan ma’lumotnomalar

(ma’lumotlar) berishi;

Oldingi tahrirga qarang.

jinoiy 


faoliyatdan 

olingan 


daromadlarni 

legallashtirishga, 

terrorizmni

moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  amalga  oshirilgan  notarial  harakatlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotnomalarni

(ma’lumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;



(18-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-

516-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  16.01.2019-y.,  03/19/516/2484-

son)

ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash

va  ijara  haqining  miqdori  to‘g‘risidagi,  shuningdek  meros  yoki  hadya  tartibida  fuqarolar

mulkiga  o‘tayotgan  mol-mulkning  qiymati  haqidagi  ma’lumotnomalarni  davlat  soliq  xizmati

organiga taqdim etishi;

avtomototransport  vositalaridan  foydalanish  va  (yoki)  ularni  tasarruf  etish  huquqi

uchun  ishonchnomalarni,  ushbu  vositalarni  boshqa  shaxsga  o‘tkazish,  ijaraga  berish,  ulardan

tekin  foydalanish,  ularning  garov,  lizing  shartnomalarini  tasdiqlash  to‘g‘risidagi

ma’lumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi;

boshqa  shaxsga  o‘tkazilayotgan  ko‘chmas  mulkning  kadastr  raqami  to‘g‘risidagi  va

oluvchi haqidagi ma’lumotlarni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman

(shahar) filialiga taqdim etishi;

bitim  predmeti  bo‘lgan  obyektni  boshqa  shaxsga  o‘tkazishni  taqiqlash  yoki  ushbu

obyektga  nisbatan  xatlov  mavjud  emasligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotnomalarni  (ma’lumotlarni)

kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;

bitim  predmeti  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk  obyektini  boshqa  shaxsga  o‘tkazishni  taqiqlash

yoki  ushbu  obyektga  nisbatan  xatlov  mavjud  emasligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotnomalarni

(ma’lumotlarni) rieltorlik tashkilotining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi;

vasiyat  qiluvchining  vafotidan  keyin  manfaatdor  shaxslarga  vasiyatnoma  to‘g‘risidagi

ma’lumotnomalarni taqdim etishi;

amalga  oshirilgan  notarial  harakatlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  O‘zbekiston

Respublikasi Hisob palatasining so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart.



(18-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  11-oktabrdagi  O‘RQ-497-sonli  Qonuni  tahririda

— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan

kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziya  olgan  notarius  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  nazarda  tutilgan

majburiyatlardan tashqari:

notarial idora tashkil etilgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlab berishi;

faoliyati  o‘n  kundan  ortiq  muddatga  to‘xtatilgan  notariusning  ish  yurituvidagi

hujjatlarni  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmasi  tomonidan

belgilangan hollarda qabul qilib olishi;

Notarial  palata  konferensiyasi  tomonidan  miqdori  belgilanadigan  kirish  va  a’zolik

badallarini Notarial palataga to‘lashi shart.

(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan

ikkinchi  qism  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  15.01.2020-y.,

03/20/602/0052-son)


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling