22 -modda. Notarial palata huzuridagi fondlar
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning faoliyati tufayli yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplash maqsadida Notarial palata huzurida Kompensatsiya fondi tashkil
etiladi.
Notarial faoliyatga ko‘maklashish, notariuslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash
maqsadida Notarial palata huzurida Notariuslar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy
himoya qilish fondi tashkil etiladi.
Davlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Notarial
palata huzurida Davlat notarial idoralari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi.
Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi, Notariuslar faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish fondi hamda Davlat notarial idoralari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash fondi notariuslarning Notarial palataga a’zolik badalidan ajratiladigan mablag‘lar
hisobidan shakllantiriladi.
Majburiy ajratmalar miqdori yil yakunida Notarial palata boshqaruvi yig‘ilishining
qaroriga ko‘ra belgilanadi.
Notarial palata huzuridagi fondlarning mablag‘laridan oqilona foydalanishi ustidan
nazorat qilish Notarial palata tomonidan amalga oshiriladi.
4 -bob. Notarius faoliyati ustidan nazorat va monitoring qilish. Adliya organlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |