Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

22 -modda. 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi 

Adliya 

vazirligining, 

adliya

boshqarmalarining notariat sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmalari  o‘z  vakolatlari

doirasida:

notariuslar  tomonidan  amalga  oshirilgan  notarial  harakatlarning  qonuniyligi  ustidan

nazoratni amalga oshiradi;

notariuslarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;

notarial amaliyotni umumlashtiradi;

malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;

xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi;

Notarial palata bilan birgalikda notarius stajorining faoliyatini tashkil etadi;

xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notariuslar  tomonidan  litsenziya  talablari  va

shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Xususiy  notarial  amaliyot  bilan  shug‘ullanish  huquqini  beruvchi  litsenziyalarning

davlat reyestrini yuritadi;

ushbu  Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda,  xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi

notarius  litsenziyasining  amal  qilishini  to‘xtatib  turish,  tugatish  va  bekor  qilish  haqida  qaror

qabul qiladi;

xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notariuslarning  faoliyati  hududini  belgilash

maqsadida ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;

notarius muhri va shtamplarining namunalari eskizlarini tasdiqlaydi;

notariuslarning reyestrini yuritadi;

notarial idoralarni qat’iy hisobda turuvchi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta’minlaydi;

o‘z  faoliyatini  tugatgan  notarius  muhrini  yo‘q  qilish  va  hujjatlarni  Qoraqalpog‘iston

Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmalari  huzuridagi  idoraviy  notarial  arxivga

topshirish choralarini ko‘radi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari qonun hujjatlarida

nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(4 va  4 -boblar  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  14-yanvardagi  O‘RQ-602-sonli  Qonuniga

asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling