27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va
ishonchnomalarni notarial idoraga berish
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlari tasdiqlagan
vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning
bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi
notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining O‘zbekiston Respublikasida
doimiy yashash joyi bo‘lmasa yoki ularning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, vasiyatnoma yoxud
ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan bo‘lsa, o‘sha tashkilot
joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib
ko‘rishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat
qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum
qilishi shart.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni
o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos
bo‘ladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay
notarial idoraga berishi shart.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan
kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |