Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar

O‘zbekiston  Respublikasi  konsullik  muassasalarining  konsullari  quyidagi  notarial

harakatlarni amalga oshiradi:

Oldingi tahrirga qarang.

1)  bitimlarni  (shartnomalar,  vasiyatnomalar,  ishonchnomalar  va  hokazolarni)

tasdiqlaydi,  O‘zbekiston  Respublikasida  joylashgan  ko‘chmas  mol-mulkni  boshqa  shaxsga

o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalar bundan mustasno;



(28-moddaning  birinchi  qismi  1-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  11-oktabrdagi  O‘RQ-

497-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  12.10.2018-y.,  03/18/497/2044-

son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;

3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;

4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;

5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;

7) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi;

8)  er-xotinning  umumiy  mol-mulkidagi  ulushga  mulk  huquqi  haqida  guvohnomalar

beradi;

9)  hujjatlarning  nusxalari  va  hujjatlardan  olingan  ko‘chirmalar  to‘g‘riligini

shahodatlaydi;

10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;




11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;

12) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;

13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;

14) ijro xatlarini yozadi;

15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston  Respublikasi  konsullik  muassasalarining  konsullari  qonunlarda  nazarda

tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang:  Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  Konsullik  ustavining  27-moddasi,  O‘zbekiston

Respublikasi  Adliya  vazirligi  va  Tashqi  ishlar  vazirligining  2011-yil  31-yanvardagi  21,  1-son  qarori  bilan

tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  konsullik  muassasalarining  konsullari  tomonidan  notarial

harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 1-bandi.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling