Oliy malaka komissiyasining
faoliyatini tashkil etadi;
xorijda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning
muhri ko‘chirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
vazifalarni bajaradi;
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga
oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlarni ro‘yxatga olish
reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajorining faoliyatini
tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi;
notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va
tasdiqlaydi, notariuslarga ko‘rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi;
pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik
xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va
xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va
jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan
ko‘chirmalar, ma’lumotnomalarning va arxiv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari berilganligi
uchun to‘lovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi;
notariuslarning statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan
kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: