Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
-modda. Notarial palataning asosiy vazifalari
Download 288.85 Kb. Pdf ko'rish
|
343-I-сон 26.12.1996
22 -modda. Notarial palataning asosiy vazifalari
Notarial palataning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek qonun hujjatlarining bir xil tarzda qo‘llanilishiga doir takliflar ishlab chiqish; nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish; yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘rish, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini yoyish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish; notarial harakatlar bo‘yicha tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish; aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa holatlarda ifodalash hamda himoya qilish; notariat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasbiy majburiyatlarga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari o‘tkazish, shuningdek notariuslarning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida malaka komissiyalariga takliflar kiritish; tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan notarial faoliyat masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish. Download 288.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling